Vladimir Norov: Markaziy Osiyodagi ijobiy jarayonlar SHHT makonini barqarorlik, taraqqiyot, farovonlik va samarali hamkorlik mintaqasiga aylantirishga xizmat qiladi

Vladimir Norov: Markaziy Osiyodagi ijobiy jarayonlar SHHT makonini barqarorlik, taraqqiyot, farovonlik va samarali hamkorlik mintaqasiga aylantirishga xizmat qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov SHHT TIVK yig‘ilishidagi maʼruzasida SHHT makonida barqarorlikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

– So‘nggi voqealar SHHTning jo‘g‘rofiy  yadrosi bo‘lgan Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlashning alohida ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi, – dedi O‘zbekiston TIV rahbari. – Kuni kecha Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi natijalari mintaqa davlatlari Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyotni taʼminlash maqsadida ishonchli hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yana-da mustahkamlashga qatʼiy qaror qilganidan dalolat beradi.

Shubha yo‘qki, Markaziy Osiyodagi ijobiy jarayonlar SHHT makonini barqarorlik, taraqqiyot, farovonlik va samarali hamkorlik mintaqasiga aylantirishga xizmat qiladi.