Vladimir Norov: Samarqand Deklaratsiyasida mamlakatlarimizning eng muhim mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha hamjihatlikdagi nuqtai nazarlari aks etadi

Vladimir Norov: Samarqand Deklaratsiyasida mamlakatlarimizning eng muhim mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha hamjihatlikdagi nuqtai nazarlari aks etadi

TOSHKENT, 29-iyul. /“Dunyo” AA/.  SHHT TIVK yig‘ilishida so‘zga chiqqan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov joriy yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

 

– Sammitning asosiy siyosiy hujjati – Samarqand Deklaratsiyasi loyihasida mamlakatlarimizning eng muhim mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha konsolidatsiyalashgan pozitsiyalari aks ettirilgan. Hujjatda, shuningdek, amaliy hamkorlikni yana-da takomillashtirish, mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik va barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, transport aloqasini mustahkamlash, shuningdek, madaniy muloqotni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma yondoshuvlar bayon etilgan.

SHHTga aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishining asosiy qismi Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirishning keng qamrovli rejasi, Transporti sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik konsepsiyasi, Sanoat kooperatsiyasi dasturi, «SHHT yaxshi niyat elchisi» faxriy unvoni to‘g‘risida»gi nizom va boshqa muhim hujjatlarni boyitishga qaratilgan.