COVID-19: O‘tgan bir kecha-kunduzda mamlakatimizda 68 kishi koronavirusga chalindi

COVID-19: O‘tgan bir kecha-kunduzda mamlakatimizda 68 kishi koronavirusga chalindi

O‘tgan bir kecha-kunduzda O‘zbekistonda 68 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 242 ming 879 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Eng ko‘p  kasallanish holatlari  poytaxtimizda (17), Toshkent (7), Jizzax  va Samarqand (6 kishidan) viloyatlarida qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 69 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.

Ayni paytda 1 ming 373 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.