Seshanba kuni O‘zbekistonda 71 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 242 ming 437 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Eng ko‘p kasallanish holatlari poytaxtimizda (17), Samarqand va Toshkent (6 kishidan) viloyatlarida qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 92 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.
Ayni paytda 1 ming 464 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.