Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyi boshida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya ishi davom etmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyi boshida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya ishi davom etmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyi boshida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Parlament yuqori palatasi Axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, komissiya oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini bajarishi uchun guruhlarga bo‘lingan holda o‘rganishlar olib bormoqda.

Har bir guruh faoliyatida shaffoflikni taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar hujjatlashtirilmoqda. Shu jumladan, ular audio, foto va video vositalari yordamida qayd etilmoqda.

Komissiya aʼzolari dastlab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali, Markaziy shifoxonada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, yuz bergan voqealarda inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq holatlarni o‘rgandi.

Shuningdek, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining harbiy gospitali va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy gospitalida davolanayotgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar idoralari xodimlari bilan muloqotlar qilindi. Suhbat davomida namoyishchilar va harbiy xizmatchilar xatti-harakatlari o‘rganildi.

Bundan tashqari, komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tibbiy ekspertiza markaziga tashrif buyurib, voqealar bilan bog‘liq barcha kerakli materiallar bilan tanishdilar.

Komissiya aʼzolarining o‘rganishlari davom etmoqda.