Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning 5 milliondan ortiq aholisi mamlakat bo‘ylab sayohat qildi

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning 5 milliondan ortiq aholisi mamlakat bo‘ylab sayohat qildi

Joriy  yilning birinchi yarmida 5 milliondan ortiq mahalliy turistlarning O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Turizm va madaniy meros vazirligidan olingan maʼlumotga ko‘ra,  vazirlik tomonidan 2022 yilgi sayohatlarga mo‘ljallangan alohida grafik-reja ishlab chiqilgan. Shuningdek, mahalliy sayyohlikni rag‘batlantirish maqsadida respublika bo‘ylab 1 ming 579 ta joylashtirish vositalari, 2 ming 667 ta oilaviy mehmon uylari, 1 ming 604 ta turkompaniya va turagentlar, 125 ta tibbiy sog‘lomlashtirish obyektlari tashkil etilgan.  Bundan tashqari, 2 ming 400 dan oshiq malakali gidlar sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilda 10 millionga yaqin aholining sayohatlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga joriy yil iyun oyida chet eldan qariyb 495 ming nafar sayyoh kelgan.