O‘zbekiston va Turkiya parlamentlari rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida Qurbon hayiti bayrami bilan tabrik almashdilar

O‘zbekiston va Turkiya parlamentlari rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida Qurbon hayiti bayrami bilan tabrik almashdilar

Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva va Turkiya Buyuk millat majlisi spikeri Mustafo Shentop o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda Turkiya Buyuk millat majlisi Spikeri Mustafo Shentop hamkasbi Tanzila Norboyevani va u orqali butun o‘zbek xalqini muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.