Erondagi vatandosh: Konstitutsiyaviy islohotlar bugungi va istiqboladgi barqaror taraqqiyotning huquqiy asosidir

Erondagi vatandosh: Konstitutsiyaviy islohotlar bugungi va istiqboladgi barqaror taraqqiyotning huquqiy asosidir

TEHRON, 6-iyul. /“Dunyo” AA/. Eronda yashayotgan vatandoshimiz Nargiza Muqimova O‘zbekistonda Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha davom etayotgan siyosiy jarayon yuzasidan o‘zining fikr-mulohazalarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

-Bir necha kundan buyon mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon –  «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning umumxalq muhokamasi davom etmoqda.

Vatan ravnaqi va kelajagimiz farovonligiga daxldorligimizni chuqur his etgan holda, O‘zbekiston Bosh qomusini yana-da taʼkomillashtirish va davr talabiga moslashtirish bo‘yicha Prezidentimizning taklifini har tomonlama qo‘llab-quvatlayman.

Maʼlumki, globallashuvning zamonaviy sharoitida butun dunyoda konstitutsiyaviy rivojlanishning o‘ziga xos modellarini izlash qizg‘in davom etmoqda. Konstitutsiyaviy islohotlar bugungi va istiqboldagi barqaror taraqqiyotning huquqiy asosidir.

Shuni komil ishonch bilan ayta olamanki, ushbu ijobiy o‘zgarishlarning Bosh qomusimizda mustahkamlanayotgani mamlakatimiz fuqarolarining O‘zbekistonda yoki xorijda bo‘lishlaridan qatʼiy nazar, ko‘p yillik xohish-irodasini ifodalaydi.

Davlatimizning doimiy g‘amxo‘rligini his qilish menga va xorijdagi barcha vatandoshlarimizga g‘urur va quvonch baxsh etadi.