Pokistondan munosabat: Oddiy odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish farovonlik va yorqin kelajak kalitidir

Pokistondan munosabat: Oddiy odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish farovonlik va yorqin kelajak kalitidir

ISLOMOBOD, 5-iyul. /“Dunyo” AA/.  Pokistondagi O‘zbekiston sayyohlik – axborot markazi direktori Hamid Mahmud mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida o‘z  fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoq “Dunyo” AA muxbiri.

 

– O‘zbekiston Prezidentining konstitutsiyaviy islohotlar orqali mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shish istagi qo‘llab-quvvatlashga loyiqdir.

O‘zbekiston fuqarolaridan tushgan ko‘plab takliflar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi saʼy-harakatlariga xalq qalbida katta ishonch va hurmat darajasini tasdiqlaydi.

Davlatingiz rahbari mamlakat kelajagi haqida quyidagilarni taʼkidladi: «Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim. Bir so‘z bilan aytganda, «Inson qadri uchun» g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan «Inson – jamiyat – davlat» degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur».

O‘zbekiston rahbarining ushbu tarixiy bayonotida to‘rt asosiy ustuvor yo‘nalish  belgilab berilgan. Oddiy odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish farovonlik va yorqin kelajak kalitidir. Tashqi siyosatdagi islohotlar va yangi global tendensiyalarga eʼtibor davlatchilikni rivojlantirish uchun asosdir. Taʼkidlanganidek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mamlakat yoshlarini barqaror rivojlanishga jalb qilish uchun innovatsiyalar va bilimga asoslangan tadbirkorlikga yo‘naltirishi mumkin.