MASQAT, 5 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘mon Sultonligida istiqomat qilayotgan vatandoshimiz, O‘mondagi o‘zbek diasporasi faoli, yoshlar yetakchisi Dilshoda Umarova yurtimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.
– Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar har qachongidan ham zarur ekanligini his qilib turibmiz.
Yurtimiz mustaqilligi, unda yashayotgan barcha millat va elatlarning tinch va osuda hayotining garovi hisoblangan Bosh qomusimizni yangilash, uning har bir moddasini inson qadr-qimmatini yanada e’zozlovchi tamoyillar bilan mustahkamlash uchun xalqimizdan faollikni talab etadi.
Shu sababli, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar mamlakatimiz ravnaqi, xalqimizning farovon turmushi, kelajak avlodga obod Vatan qoldirish yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlardan biri, deb hisoblayman.