Turkiyadan munosabat: “Mening konstitutsiyam” shiori davlat va xalq birligidagi muvozanatni va mustahkam munosabatlarni ifodalaydi

Turkiyadan munosabat: “Mening konstitutsiyam” shiori davlat va xalq birligidagi muvozanatni va mustahkam munosabatlarni ifodalaydi

ANQARA, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan Turkiya ekspert-tahlil doiralari vakillari o‘z fikr-mulohazalari bildirmoqda.

Mehmet Seyfettin Erol, Anqara Inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi (ANKASAM) direktori:

– Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Yangi O‘zbekiston insonni markazga qo‘yadigan, davlat va xalq birligini yana-da mustahkamlaydigan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonini o‘tkazmoqda.

Bu yil O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konstitutsiyaviy referendumda “Xalq konstitutsiyasi”ning asl maqsadi bilan yuzaga kelgan, xalqning takliflari inobatga olingan va katta sezgirlik bilan baholangan “Mening Konstitutsiyam” shiori ham shunday maqsadni ko‘zlaydi.

Bu yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan konstitutsiyaviy referendumdagi “Mening konstitutsiyam” shiori davlat va xalq birligidagi muvozanatni va mustahkam munosabatlarni ifodalaydi.

Bo‘lajak referendum, shubhasiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Yangi O‘zbekistonda insonning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlovchi jarayon bo‘lib, u tizimda xalqning yana-da faolroq ishtirok etishi jihati bilan oldinga chiqadi.

Shavkat Mirziyoyevning xalq farovonligi va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan islohotlar jarayonida O‘zbekiston xalqining konstitutsiyaviy qo‘llab-quvvatlanishi ham tom maʼnoda demokratiya va mustahkam kelajak barpo etishda muhim ahamiyatga ega. Binobarin, “Mening konstitutsiyam” shiori aslida “Yangi O‘zbekiston” ruhiga mos keladigan yangi ijtimoiy shartnomadagi xalqning “Mening davlatim” degan tushunchasiga tengdir.

Shu nuqtai nazardan, o‘zining tarixiy amaliyotidan o‘z kuch-qudratini va qonuniyligini olgan jarayonning davomi sifatida konstitutsiyaviy referendum “Uchinchi Renessans” ruhiga muvofiq kuchli millat va kuchli davlat qurish jarayonida adolatni markazga olgan kuchli voqea maʼnosida yana-da katta va farqli maʼno va ahamiyat kasb etadi.