O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki tomonlama hamda mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki tomonlama hamda mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar

TOSHKENT, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘istonda qonunga zid xatti-harakatlarga chek qo‘yish, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash bo‘yicha ko‘rilgan qatʼiy chora-tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatladi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shu jumladan sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika, mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan ko‘p tomonlama va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.