Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini 15 iyulgacha uzaytirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini 15 iyulgacha uzaytirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun bo‘lib o‘tgan majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini 2022 yil 15 iyulgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament quyi palatasi telegram-kanali maʼlumotiga ko‘ra, bugungi kunga qadar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 57 mingdan ziyod taklif kelib tushgan.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, umumxalq muhokamasining dastlabki kunlarida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar kuniga 700 ga yaqinni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, ularning soni kuniga 10 mingga yetmoqda.

Ushbu raqamlar umumxalq muhokamasi aholining mazkur siyosiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik hissi oshib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishga qiziqishi tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Ushbu omillar milliy muhokamalar muddatini uzaytirishni talab qiladi.