Tojikiston Prezidenti tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Tojikiston Prezidenti tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

TOSHKENT, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bugun rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportida oliy darajadagi mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.

So‘ngra Tojikiston Prezidenti «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Mehmonga majmuaning mazmun-mohiyati va meʼmoriy xususiyatlari haqida so‘zlab berildi.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimizga kelgan oliy darajadagi mehmonlar tomonidan ushbu monumentga gul qo‘yish marosimi anʼanaga aylandi.