Vladimir Norov: O‘zbekiston MDHning yanada rivojlanishi va mustahkamlanashidan manfaatdor

Vladimir Norov: O‘zbekiston MDHning yanada rivojlanishi va mustahkamlanashidan manfaatdor

O‘zbekiston  tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov  bugun Dushanbe shahrida tashkil etilgan MDH tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishidagi nutqida O‘zbekiston MDHning yanada rivojlanishi va mustahkamlanashidan hamda Tashkilot xalqaro nufuzi barqaror oshib borishidan manfaatdor ekani ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 

– Bugun biz doimiy geosiyosiy notinchlik, xalqaro munosabatlarning tubdan o‘zgarishi, beqarorlik va noaniqlik omillarining kuchayib borishi, mahalliy darajadagi qurolli to‘qnashuv o‘choqlarining keskinlashishi, terroristik kuchlarning faolligi va ekologik muammolarning oqibatlarining ortib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz, – dedi O‘zbekiston TIV rahbari. –  Ushbu inqirozli vaziyatlar butun Hamdo‘stlik hududiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, mintaqamizdagi tinchlik va xavfsizlik, siyosiy barqarorlik, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi tahdidlarni keltirib chiqarmoqda.  Dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarning tezkorligi va xalqaro munosabatlarda mintaqalashish jarayonlarining o‘rni ortib borayotgani Hamdo‘stlikning bugungi kun voqeligiga doimiy moslashuvi zarurligini taqozo etmoqda.