O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi

TOSHKENT, 9-may. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildiradi”, – deyiladi mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi bugun tarqatgan bayonotda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Biz tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz, – deb taʼkidlangan hujjatda. – Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyutsiyalari va “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur. Biz tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqiramiz”.