Toshkentda «INNOPROM. Markaziy Osiyo» ikkinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Toshkentda «INNOPROM. Markaziy Osiyo» ikkinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Bugun poytaxtimizda «INNOPROM. Markaziy Osiyo» ikkinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA .

 

Ko‘rgazma «Markaziy Osiyo: texnologik muvaffaqiyatlar makoni» mavzusidagi yalpi majlis bilan ochildi. Ishtirokchilarni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov qutladilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston va YEOIIga a’zo davlatlar hukumatlarining sanoat siyosati uchun mas’ul rahbarlari, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan savdo-iqtisodiy hamkorlar ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Vengriya, Fransiya, Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 700 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari va ishbilarmonlar delegatsiyalari qatnashmoqda.

Ko‘rgazma metallurgiya va materiallar, sanoat avtomatizatsiyasi, mashinasozlik va butlovchi qismlar ishlab chiqarish singari bo‘linmalardan tashkil topgan.