Davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ayrim Telegram-kanallar tomonidan Termiz shahri atrofida O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Ayrim Telegram-kanallar tomonidan Termiz shahri atrofida O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, – deb yozgan Sherzod Asadov. – O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Chegara qo‘shinlari bergan maʼlumotga ko‘ra, O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida hech qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror.
Provokatsiyalarga berilmasligingizni so‘raymiz”.