Aziz vatandoshlar!

Barchangizni kirib kelayotgan uyg’onish va yangilanish ramzi Navro’zi olam bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ana shu ulug’ ayyom – sharqona yangi yil bilan kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimizmdan tabriklaymiz.

Ushbu qutlug’ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka tilaymiz.

Bugun biz yurtimizda mana shunday qutlug’ bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik bo’lishini,

uzoq va yaqin barcha davlatlarning xalqlariga taraqqiyot, farovonlik hamda ravnaq tilaymiz.

Navro’zi olam barchamizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to’y-tomoshalar ko’p bo’lsin!

Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin!

Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo’lsin!

Navro’z bayrami barchamizga muborak bo’lsin!