Korona choralarining uzaytirilishiga oid

Korona choralarining uzaytirilishiga oid

Mamlakatimizdagi epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish, koronavirus infeksiyasi tarqalishining yangi o‘choqlari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 21-dekabr sanasidan 2021-yil 1-fevral sanasiga qadar Buyuk BritaniyaItaliyaGermaniyaDaniyaAvstriyaAvstraliyaNiderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatilgan edi.

Bugungi kunga qadar yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda epidemiologik vaziyat murakkabligi saqlanib qolganligi sabali 2021-yil 1-fevraliga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 1-martiga qadar uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk BritaniyaItaliyaGermaniyaDaniyaAvstriyaAvstraliyaNiderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan shaxslar yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilangan.
Shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida Buyuk BritaniyaItaliyaGermaniyaDaniyaAvstriyaAvstraliyaNiderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi tartibi davom etiriladi.
Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.