O‘zbekiston Prezidenti Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish biologik materialni olish, undan foydalanish, uni saqlash va yo‘q qilish, shuningdek, odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlash maqsadida genomga oid axborotga ishlov berish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat organlari va muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat hisoblanadi.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari quyidagilardan iborat:

– tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud;

– Ichki ishlar, Adliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklarining sud-ekspertiza muassasalari.

– Ichki ishlar vazirligi genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

 Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish biologik materialni olishni amalga oshirish, biologik materialdan genomga oid axborot olish, genomga oid axborot Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga kiritish tartibida amalga oshiriladi.

 Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish ixtiyoriy (pulli asosda) va majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olish tarzida amalga oshiriladi.

Qonun 2023 yil 1 yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.