O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabining ma’lum qilishicha, 3 ming 700 dan ortiq vatandosh O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabining ma’lum qilishicha, 3 ming 700 dan ortiq vatandosh O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan

Joriy yilning 8 iyul kuni kechasidan 9 iyul kuni davomida 3 ming 746 nafar vatandosh “Jibek yo‘li – G‘isht ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti orqali chegarani kesib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tezkor shtabi ma’lumotlariga tayanib.

Tashqi ishlar vazirligi veb-saytidagi xabarga ko‘ra, 1 iyuldan 7 iyulgacha 2 ming 700 nafardan ortiq hamyurtimiz “Jibek yo‘li –G‘isht ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga qaytgan. Biroq, yuzaga kelgan texnik muammolar sabab vatandoshlar davlat chegarasini cheklangan miqdordagi chegaradan kesib o‘tishdi va 3 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘planib qolishdi.

Maxsus respublika komissiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonasining birgalikdagi faoliyati natijasida 8 iyul kuni davlatlararo chegaradagi vatandoshlarimizning erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha texnik va tashkiliy masalalar tezda hal qilindi.

Umuman olganda, 8 iyul kuni kechqurun va 9 iyul kuni 3 ming 746 nafar vatandosh Jibek yo‘li – G‘isht ko‘prik nazorat-o‘tkazish punkti orqali chegarani kesib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi paytda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q, nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda, nazorat-o‘tkazish punktida odamlarning to‘planib qolish holati kuzatilmayapti.

Tashqi ishlar vazirligi Tezkor shtabi vatanga qaytgan barcha fuqarolar Maxsus komissiya tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinda bo‘lishini eslatib o‘tgan.