TIV Tezkor shtabi: 3 ming nafar vatandoshning O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasi yaqinida yig‘ilishi bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olingan va masala qisqa vaqtda hal etiladi

TIV Tezkor shtabi: 3 ming nafar vatandoshning O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasi yaqinida yig‘ilishi bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olingan va masala qisqa vaqtda hal etiladi

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda “Jibek joli” – “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 3 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosining to‘planishi kuzatilyapti, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Bosh konsulxona xodimlari nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lib turishibdi, vatandoshlar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilinmoqda, vaziyat umumiy nazoratga olingan.

Taʼkidlash joiz, 1 iyuldan buyon 2 ming 700 nafardan ortiq vatandosh, asosan kasallar, qariyalar, homiladorlar va yosh bolali ayollar O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishdi.

Texnik sabablarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan o‘tishlari cheklangan miqdorda amalga oshirildi.

“Jibek joli” o‘tkazish punkti orqali respublika fuqarolarining O‘zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog‘liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi.