Respublika komissiyasi qaroriga binoan 6-19 iyul kunlari O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun 19 ta aviaqatnov tashkil etiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, 6 ta charter reys Moskvadan, 5 – Seuldan, Sankt-Peterburg va Istanbuldan 2 tadan, shuningdek Vladivostok, Dubay, Minsk va Nyu-York shaharlaridan bittadan reys hamyurtlarimizni Vatanga olib keladi.
Reyslar jadvali
6-12 iyul kunlariga belgilangan reyslar jadvali:
6 iyul. Seul-Toshkent-Seul
6 iyul. Toshkent-Moskva-Toshkent
7 iyul. Toshkent-Istanbul-Toshkent
8 iyul. Tashkent-Seul-Toshkent
8 iyul. Minsk-Toshkent-Minsk
9 iyul. Toshkent-Moskva-Toshkent
10 iyul. Seul-Toshkent-Seul
10 iyul. Toshkent-Dubay-Toshkent
11 iyul. Toshkent-Moskva-Toshkent.
12 iyul. Sankt-Peterburg – Toshkent – Sankt-Peterburg
13–19 iyul kunlariga belgilangan reyslar jadvali:
13 iyul. Seul-Toshkent-Seul
13 iyul. Toshkent-Moskva-Toshkent
14 iyul. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
15 iyul. Moskva-Toshkent-Moskva
15 iyul. Toshkent-Seul-Toshkent
16 iyul. Istanbul-Toshkent- Istanbul
17 iyul. Toshkent – Nyu-York – Toshkent
18 iyul. Toshkent-Moskva-Toshkent
19 iyul. Toshkent-Vladivostok-Toshkent.