O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 18-iyun kuni xalqaro hamkorlik bo‘yicha “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida tashkil qilinadigan yuqori darajali videokonferensiyada ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir “COVID-19 ga qarshi kurashda birdamlik” mavzusida o‘tkaziladi. Unda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda ko‘p tomonlama hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalarni qayta tiklashda xalqaro sheriklik, COVID-19 sharoitida qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish va amaliy hamkorlikning boshqa jihatlari muhokama qilinadi.