Olmon-O‘zbek do‘stlik jamiyati Buxoro shahridagi 50 nafar yetim bolalarga yordam ko‘rsatdi

Olmon-O‘zbek do‘stlik jamiyati Buxoro shahridagi 50 nafar yetim bolalarga yordam ko‘rsatdi

Joriy yilning 12-13 iyun kunlari Germaniyaning Bonn shahridagi Olmon-O‘zbek do‘stlik jamiyati Buxoro shahar hokimligi bilan birgalikda Buxoro shahridagi ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalarga moddiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha navbatdagi xayriya aksiyasini o‘tkazdi

Aksiya davomida Buxoro shahridagi mehribonlik uylaridan vasiylikka berilgan 50 nafar bolalarning oilalariga 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, Olmon-O‘zbek do‘stlik jamiyati tomonidan bundan avvalgi aksiya doirasida Buxoro shahridagi ko‘makka muhtoj oilalarga 1380 yevro ajratgan edi.

O‘z navbatida, Bosh konsulxona tashabbusi bilan «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasida shu kunga qadar 49 million 410 ming so‘m mablag‘ yig‘ilib, Andijon, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi ehtiyojmand va nochor oilalarga tarqatildi.

Bundan tashqari, pandemiya sababli aviaqatnovlarning bekor qilinishi ortidan Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlarida qolib ketgan 28 nafar vatandoshlarimiz 20 ming yevroga yaqin mablag‘ evaziga vaqtincha yashash joyi va oziq-ovqat bilan taʼminlandi.