Jumladan, Buxoro tumanidagi yirik investitsiya loyihasi – «Buxara Varnet» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan issiqxonalarni bunyod etishda Turkiyadan keltirilgan texnologiyalar uchun bojxona to‘lovlaridan 28 milliard 415 million so‘mlik imtiyozlar qo‘llanildi.
Yetishtirilgan sara pomidorlar shu yerning o‘zidan yuk avtotransport vositalariga ortiladi va bojxona xodimlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Viloyatning Vobkent tumanida joylashgan, tozalash vositalari ishlab chiqaruvchi yirik eksportyor korxona esa 2020 yil boshidan buyon 385,2 ming AQSh dollari qiymatidagi salkam 875 ming tonna kir yuvish vositalarini qo‘shni davlatlarga eksport qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Yana bir xuddi shunday eksportyor korxonalardan biri Qorako‘l tumanidagi «REAL TEKS QORAKO’L» mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yishi uchun so‘nggi 4 yilda xorijdan keltirilgan texnologiyalariga bojxona to‘lovlaridan salkam 15 milliard so‘mlik imtiyozlar qo‘llanildi.
Mazkur korxona ham bojxonaga doir qulayliklar va yengilliklardan samarali foydalanib kelmoqda. Bu yerda tayyorlangan 2,6 million dollarlik 1 ming 233 tonna mahsulot Turkiya va Xitoyga eksport qilindi.