Toshkent xorijlik mutaxassislar yashashi uchun eng qulay shaharlar qatoridan joy oldi

Toshkent xorijlik mutaxassislar yashashi uchun eng qulay shaharlar qatoridan joy oldi

“Mercer konsalting” guruhi an’anaviy tarzda xorijliklar yashashi uchun qimmat shaharlar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri xorijlik mutaxassislar yashashi uchun qulay shaharlar qatoridan joy oldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Reytingda uchinchi bor Gonkong yetakchilik qilmoqda.

Eng qimmat shaharlar reytingining keyingi o‘rinlarida Turkmaniston poytaxti Ashxobod (2-o‘rin), Osiyo shaharlaridan Tokio (3-o‘rin), Singapur (5-o‘rin), Shanxay (7-o‘rin), Pekin (10-o‘rin) ham bor.

Yashash uchun eng arzon shaharlar sifatida esa Toshkent, Bishkek, Namibiyadagi Vindxuk shahri hamda Tunis e’tirof etilgan.

Joriy yilning mart oyida “The Economist Intelligence Unit” e’lon qilgan arzon va qimmat shaharlar reytingida ham Toshkent ro‘yxatning 132-o‘rnida qayd etilib, arzon ya’ni, yashash uchun zarur narsalar narxi yuqori bo‘lmagan shaharlar o‘ntaligida e’tirof etilgan edi.