“Faxriy murabbiy” ordeni taʼsis etildi

“Faxriy murabbiy” ordeni taʼsis etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Faxriy murabbiy” ordenini taʼsis etish to‘g‘risida”gi Qonunni (O‘RQ–622-son, 09.06.2020 y.) imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qonun bilan “Faxriy murabbiy” ordeni taʼsis etildi va orden to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

“Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalardan asrash, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni, tashabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga hissa qo‘shgan O‘zbekiston fuqarolari mukofotlanadi.

Ushbu orden bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari (8 million 920 ming so‘m) miqdoridagi bir martalik pul mukofotini oladi va qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.