Kelgusi ikki hafta davomida Rossiyaga 11 ta charter reys amalga oshirilishi kutilmoqda

Kelgusi ikki hafta davomida Rossiyaga 11 ta charter reys amalga oshirilishi kutilmoqda

Joriy yil 30 may – 6 iyun kunlari Rossiyadan O‘zbekistonga 1 ming 642 nafar yurtdoshimiz olib kelindi, shulardan 805 kishi Moskva shahriga to‘g‘ri keladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 

Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, birinchi navbatda yoshi ulug‘ insonlar, kasalmand kishilar, yosh bolalar va homilador ayollar olib kelinmoqda.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Nur-Sulton shahridagi elchixona va Oqtau shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda Samara viloyatida bo‘lib turgan 367 nafar yurtdoshimiz Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

Shuningdek, 8-21 iyun kunlari «Uzbekistan Airways» AJning xorijdan yurtimizga 20 ta, jumladan 8 ta Moskvadan va bittadan Yekaterinburg, Qozon va Novosibirsk shaharlaridan charter reysi parvozi rejalashtirilgan.

Rasmiy ma’lumotlar holatiga ko‘ra, 8 iyun kuni Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 467 ming 673 tani tashkil etmoqda, sog‘ayganlar 226 ming 731 kishi, vafot etganlar esa 5 ming 859 nafar. So‘nggi kecha-kunduzda mamlakatda 8 ming 984 kishi COVID-19ni yuqtirgan.