Minsk shahridan 150 nafar fuqarolarimiz maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Shuningdek, bugun “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent havo yoʻnalishi orqali maxsus (charter) reys tashkil etiladi. Yana Toshkent-Seul-Toshkent yoʻnalishida charter reys qoʻyilishi kutilmoqda. 8-may kuni BAAdan vatandoshlarni olib kelish uchun ham charter reys tashkil etilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kungi videoselektor yigʻilishida Oʻzbekistonga qayta olmagan 11 mingga yaqin xorijdagi vatandoshlarni Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa davlatlardan olib kelinishini aytgan edi.