Chet elda bo’lib turgan O‘zbekistonn fuqarolari va mamlakatimizdagi boshqa davlatlar fuqarolari diqqatiga

Chet elda bo’lib turgan O‘zbekistonn fuqarolari va mamlakatimizdagi boshqa davlatlar fuqarolari diqqatiga

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha vaqtincha cheklov choralari munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.
Shu bilan birga, davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatimizda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.