Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasi hududida paydo bo’lib tarqalgan – “koronavirus” kasalligi (2019-nCoV) dunyoning bir qator mamlakatlarida kuzatilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida ushbu kasallik yuqishi xavfini kamaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi quyidagilarni tavsiya qiladi:
-infeksiya yuqtirish xavfini oldini olish maqsadida imkon qadar o‘z turar joylaringizda saqlanish;
-nafas olish organlarida kasallik belgilari mavjud bo‘lgan odamlar bilan muloqot qilmaslikni;
-odamlar ko’p bo’lgan, yoki boshqa jamoat joylariga borishdan saqlanish. Xususan, chorva mollari va dengiz mahsulotlari sotiladigan bozorlardan, ko’ngilochar joylardan, oilalar uchun belgilangan joylardan (kinoteatrlar, muzeylar va boshqalar) va umumiy ovqatlanish joylaridan va boshqalardan qochish.
–faqat termik ishlov berilgan oziq-ovqat va shisha suvni iste’mol qilish;
-maxsus gigiena niqoblaridan foydalanish;
-ovqatlanishdan oldin qo’llarni yaxshilab yuvish;
-antiseptik vositalardan foydalanish;
-harorat va nafas olish kasalligining boshqa alomatlari aniqlansa, darhol mutaxassislarga murojaat qilish;
-hayvonlar oldiga yaqinlashishdan saqlanish;
-agar isitmangiz ko‘tarilib, respirator kasallik alomatlarini sezangiz, darhol tibbiy muassasaga murojaat qilishni.