Parlament saylovlari doirasida Bonn va Myunxen shaharlarida yashovchi vatandoshlar bilan uchrashildi

Parlament saylovlari doirasida Bonn va Myunxen shaharlarida yashovchi vatandoshlar bilan uchrashildi

Mamlakatimizda joriy yilning 22 dekabr kuniga rejalashtirilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar doirasida Bonn va Myunxen shaharlarida saylovoldi uchrashuvlari o’tkazildi.

Uchrashuvlarda mazkur shaharlarda yashovchi vatandoshlarimiz, tahsil oluvchi talabalar va o’zbek faollari ishtirok etishdi.

Tadbirlar davomida O’zbekiston saylov qonunchiligi bo’yicha yngiliklar, Berlin, Frankfurt-Mayn va Myunxen shaharlarida ovoz berish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.