Toshkentda “turizm poliziyasi” ish boshladi

Toshkentda “turizm poliziyasi” ish boshladi

O’zbekiston poytaxtining Ichki ishlar Bosh boshqarmasi huzurida Turizm sohasida havfsizlikni ta’minlash boshqarmasi o’z ishini boshladi.

Mazkur Boshqarmaning asosiy vazifasi xorijlik sayyohlar gavjum joylarda jamoat tartibini saqlash, Toshkentning diqqatga sazovor yerlarida havfsizlikni ta’minlashdan iboratdir.

Ushbu doirada sayyohlar bilan bog’liq huquqbuzarliklarning oldini olish va tezkor chora-tadbirlar ko’rish maqsadida “102” xizmati tarkibida 712321002 и 712321173 raqamlari joriy etildi.