Frank-Valter Shtaynmayer: O‘zbekiston o‘z yoshlari bilan har qancha faxrlansa arziydi

Frank-Valter Shtaynmayer: O‘zbekiston o‘z yoshlari bilan har qancha faxrlansa arziydi

Avval xabar berilganidek, Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Frank-Valter Shtaynmayer: O‘zbekiston o‘z yoshlari bilan har qancha faxrlansa arziydi
Oliy martabali mehmon 29 may kuni Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.
5.JPG
Mazkur universitet mamlakatimizdagi yirik bilim maskanlaridan biri bo‘lib, undagi 10 fakultetda 47 ta ta’lim yo‘nalishida 13 mingga yaqin talaba va magistr ta’lim olmoqda. Oliy ta’lim muassasasida xorijiy davlatlardan kelgan 1 ming 192 nafar talaba tahsil olmoqda. Universitet o‘qituvchi va professorlarining soni 654 nafarni tashkil etadi.
8.JPG
Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbatda bo‘ldi. Qizg‘in savol javoblarga boy o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
11.JPG
– Yoshlari jamiyat hayotida faol bo‘lgan davlat albatta rivojlanadi, – dedi Frank-Valter Shtaynmayer. – O‘zbekiston yoshlarni ko‘rib, ushbu mamlakat haqida ham shu fikrni aniq ayta olaman. Bu yerda o‘tirgan yoshlar bilan nafaqat o‘zbek halqi balki biz ham faxrlansak arziydi. Chunki, ular muloqot jarayonida sof nemis tilida grammatik va fonetik xatolarsiz gapiryapti. O‘z fikrini ravon ifoda qilmoqda.
17.JPG
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida yoshlar Germaniya Federativ Respublikasi, nemis yoshlari hayotiga oid savollarga Federal Prezident va u boshchiligidagi delegatsiya a’zolaridan atroflicha javob oldi.

A.ShOKIROV, Sh.QORIEV (surat), O‘zA