Toshkentda G’arbiy Osiyo shaxmat musobaqasi o’tkaziladi

Toshkentda G’arbiy Osiyo shaxmat musobaqasi o’tkaziladi

Joriy yilning 16-23 noyabr kunlari Toshkent shahrida 6 yoshdan 20 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasida shaxmat bo’yicha G’arbiy Osiyo chempionati bo’lib o’tadi.

Mazkur turnir Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) doirasidagi rasmiy musobaqalar tasnifiga kirib, Osiyo shaxmat federatsiyasi qo’llab-quvvatlashida  hamda yuqori toifali sudyalar ishtirokida o’tkaziladi.

Musobaqada yosh shaxmatchilar klassik shaxmat, rapidu va blits yo’nalishlarida kuch sinashadilar.

Albatta, g’oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan birga xalqaro grossmeyster, xalqaro master va FIDE masteri unvonlarini qo’lga kiritishadi.

O’zbekiston sharafini yosh vatandoshlarimiz Nodirbek Abdusattorov, Xumoyun Begmuratov, Nodirbek Yakubboyev, Abdimalik Nigmatov, Umida Omonova va Almas Raxmatullayevlar himoya qilishadi.