Toshkentda O’zbekiston-Gretsiya biznes forumi o’tkazildi

Toshkentda O’zbekiston-Gretsiya biznes forumi o’tkazildi

Toshkentda O'zbekiston-Gretsiya biznes forumi o'tkazildi

Savdo sanoat palatasida “Ellrosa Key Business Solutions” kompaniyasi direktori Dimitrius Mutusis boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv hamda O’zbekiston-Gretsiya kooperatsiya birjasi o’tkazildi. Tadbir – ikki davlat o’rtasida savdo aloqalarni kengayishtirish, O’zbekiston va Gretsiyada yangi qo’shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini  oshirish maqsadida tashkil etildi.

Savdo sanoat palatasi raisi o’rinbosari Jamshed Urakov O’zbekistonda olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, iqtisodiyot va valyuta bozorini erkinlashtirish, ishbilarmon doirlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, biznesni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, har ikki tomon iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida hamkorlikni kuchaytirish uchun katta salohiyatga ega.

Uchrashuv davomida Gretsiya kompaniyasi direktori Dimitrius Mutusis O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishning ijobiy dinamikasi haqida fikr bildirdi.  Uning Ta’kidlashicha, hamkorlikning ilk odimlari qo’yilgan, endilikda buni yanada rivojlantirish va yaxshi natijalarga erishish zarur. Delegatsiya vakillari O’zbekistonda Gretsiya kompaniyalari xoldingini ochishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.

“Ellrosa Key Business Solutions” kompaniyasi direktori Dimitrius MUTUSIS: Bugun biz O’zbekistonda xolding kompaniyani tashkil etish istagini bildirdik, bu bilan qurilish, agrobiznes, energetika, sayyohlik va boshqa ko’plab sohalarga investitsiyalar oqimini oshirishga erishamiz. Biz ishonamizki, ikki davlat o’rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun juda katta salohiyatga egamiz.

“Eva’s Walk” asoschisi Yeva Bumbasiya: Bizning kompaniyamiz zaytun yog’i, turli hil ziravorlarni ishlab chiqaradi. Ilk bor O’zbekistonga 2017 yili tashrif buyurgandik. Mamlakatingizga yana bir bor kelishimizdan maqsad, import va eksport salohiyatini oshirishdan iborat. O’zbekistonda kompaniyamiz uchun zarur bo’lgan ko’plab qishloq xo’jaligi mahsulotlari mavjud.