Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti o‘sdi

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti o‘sdi

2018-yil yanvar-mart oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmi 110,8 million AQSH dollarini tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51,7 foizga oshganini ko‘rsatadi. 
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, meva-sabzavot mahsulotlari eksportida 22,4 foizni meva va rezavorlar (o‘sish 27,1 foiz), 57,2 foizini sabzavotlar (69,8 foizga), 15,7 foizini uzum (16,3 foizga) tashkil qiladi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston (umumiy hajmdan 37,4 foiz), Afg‘oniston (13,1 foiz), Rossiya (11,8 foiz), Turkiya (5,9 foiz), Vetnam (4,9 foiz), Xitoy (3,8 foiz), Qirg‘iziston (2,6 foiz), Eron (2,4 foiz) va Hindiston (2,2 foiz) hisoblanadi.

 

O‘zA