Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanni qayta saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanni qayta saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga uning Chexiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi ma’suliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Chexiya xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.