“Peugeot Expert” va “Peugeot Boxer” avtomobillari 2019 yildan boshlab “Made in Uzbekistan” belgisi ostida chiqadi

“Peugeot Expert” va “Peugeot Boxer” avtomobillari 2019 yildan boshlab “Made in Uzbekistan” belgisi ostida chiqadi

2017-yil iyul oyida tamal toshi qo‘yilgan “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” zavodida yiliga 16 ming “Peugeot Expert” va “Peugeot Boxer” rusumidagi tijorat avtomobillari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. 
Korxonaning qurilish-montaj ishlari joriy yil may oyiga qadar amalga oshiriladi, 2019-yilda mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, zavod O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zavtosanoat” AK va Peugeot Citroen Automotive guruhi o‘rtasidagi kelishuv asosida qurilmoqda.

O‘zA