Toshkentdan Chimkentga avtobus yurdi

Toshkentdan Chimkentga avtobus yurdi

Toshkent shahridan Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston oblasti markazi Chimkent shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 8:00 da poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Toshkent” avtovokzalidan “Toshkent – Chimkent – Toshkent” yo‘nalishida ilk avtobus yo‘lga chiqdi. 

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-23-mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘lganida ikki tomonlama transport qatnovlari samaradorligini oshirish yuzasidan ham kelishuvga erishilgan edi.

Bugun ana shu kelishuvda ko‘zda tutilgan rejalar amalga oshdi. Bu ikki qardosh xalq o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir. Mazkur avtobus qatnovining yo‘lga qo‘yilishi ijtimoiy-iqtisodiy va turizm sohasi rivojiga ham xizmat qiladi.

Ulug‘bek Asrorov, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA