Toshkent Davlat yuridik universiteti xorijliklar uchun yangicha tartibda qabul kvotasini oshirdi

Toshkent Davlat yuridik universiteti xorijliklar uchun yangicha tartibda qabul kvotasini oshirdi

2017-yil 28-aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorda o‘quv-tarbiyaviy jarayon sifatini oshirish, talabalar bilimini baholashning samarali tizimini joriy etish, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish kabi vazifalar asosiy yo‘nalish etib belgilangan.

O’z navbatida, qarorda TDYU bakalavr yo’nalishiga chet elliklarni test sinovlarisiz suxbat asosida qabul qilish bo’yicha yangi tartib kiritilib, ushbu me’yor mamlakatimiz oliygohiga xorijliklarni keng jalb etishga qaratiltan chora sifatida belgilab qo’yilgan.

Ta’kidlab o’tish lozim, O’zbekistonnig 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar rejasida yuridik kadrlarni tayyorlashga bo’lga yangicha talablar olg’a surilgan.