Fuqarolikni yo’qotish

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik to’g’risidagi qonunining 21-moddasiga asosan quyidagi hollarda O’zbekiston fuqaroligi yo’qotilishi mumkin:
1. shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsa, adliya idoralari yokidavlat hokimiyati va boshqaruvning bashqa idoralariga ishga kirganda;
2. shaxs chet elda 5 (besh) yil davomida doimiy yashab, uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmasligi;
3. shaxs O’zbekiston fuqaroligini yolg’on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar asosida olgan bo’lsa;
4. shaxs chet el davlatlari foydasini ko’zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazsa;
5. shaxs chet davlat fuqaroligini olsa.
Chet davlat fuqaroligini olgan shaxs o’ttiz kun ichida O’zbekiston ichki ishlar idoralari yoki konsullik muassasalarini bu haqda xabardor etishi lozim!
O’zbekiston fuqaroligini yo’qotish faqatgina O’zbekiston Prezidenti farmoni chiqqan kundan boshlab kuchga kiradi!

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotish to’g’risidagi hujjatlarni topshirish istagida bo’lgan shaxs Bosh konsulxonaga shaxsan murojaat qilishi talab etiladi. Hujjatlarni boshqa shaxslar orqali yoki pochta orqali yuborishga yo’l qo’yilmaydi.

Ariza beruvchi O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotish to’g’risidagi hujjatlarni topshirish uchun Bosh konsulxonaga ikki nusxada quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
1. O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulning nomiga ariza (namunani chop etish).
2. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʼqotish toʼgʼrisidagi xabarnoma/ogohlantirish xati (shaklni chop eting).
3. Tarjimai hol kompyuterda o`zbek tilida to`ldirilishi lozim. Tarjimai hol ma’lumotlarini xronologik tartibda, oxirgi ish joyining aniq manzili va egallab turgan lavozimi, ism-sharifi, elektron pochta manzili (elektron pochta manzili), O’zbekiston Respublikasi va xorij mamlakatda yashaydigan yaqin qarindoshlarining manzillari va telefonlarini majburiy ravishda ko’rsatgan holda to’ldiriladi (namunaga qarang – Tarjimai hol). Tarjimai holni elektron versiyasini (doc. yoki docx. fayl) USB flesh-diskida olib kelish so’raladi.
4. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini pasportning asli va barcha sahifalardan nusxasi, shu jumladan bo’sh sahifalar ham (A4 varaqning bitta sahifasida 2 bet bo’lishi mumkin), sahifalar tartib bilan bo’lishi kerak.
5. Fuqaroning chet elga doimiy yashashga chiqganligini tasdiqlovchi hujjat.
6. Arizachining xorijiy davlat fuqarolik pasporti nushasi.
7. Аrizachining anketa maʼlumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʼilgan sanasi) oʼzgargan boʼlsa, mazkur holatni tasdiqlovchi xujjat. Agar ushbu hujjat xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan bo’lsa, qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan holda taqdim etiladi.
8. Аrizachining xorij fuqaroligini qabul qilgan sanasini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan holda.
9. 3,5 x 4,5 sm o’lchamdagi fotosuratlar (4 dona).
10. Plastik fayl (Plastikschnellhefter) 2 dona.
11. Konsullik yig’imi to’langanligi to’g’risida kvitansiya – 130 evro.

MUHIM!

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko’rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to’g’risida”gi PF-6185-sonli Farmonning 9-bandiga muvofiq, ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan O’zbekiston Respublikasi davlat tilida bo’lmagan hujjatlar arizachi tomonidan davlat tiliga (o’zbek tili) qasamyodli tarjimonda tarjima qilinadi.

– Agar O’zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo’lsa, horijdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar, O’zbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblanishi uchun Legalizatsiya yoki Apostil qililgan bo’lishi lozim.

– Ilova qilinayotgan barcha hujjatlar nushasini tasdiqlash maqsadida ularning asl nushasini taqdim etish shart.

– Murojaat etuvchidan barcha hujjatlar kelib tushgan va ularni Bosh konsulxonada tekshirgan paytdan boshlab iltimosnoma ijro uchun qabul qilingan hisoblanadi.

– Agar arizachi manzilini yoki telefon raqamini o’zgartirsa, bu haqda Bosh konsulxonaga yozma ravishda xabar berishi so’raladi. Ariza beruvchining haqiqiy manzili va telefon raqami bo’lmasa, Bosh konsulxona O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to’g’risidagi hujjatlarni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida o’z vaqtida xabar berishga kafolat bermaydi.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Präsident der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main Deutschland,
frankfurt@gk-usbekistan.de