Notarial harakatlar

har qanday notarial harakatlarni amalga oshirish uchun fuqaro belgilangan vaqtda Bosh konsullikka shaxsan kelishi lozim (hujjatlar masofadan turib ko‘rib chiqilmaydi va qabul qilinmaydi).

Qabul qilish paytida quyidagilarni taqdim etishingiz lozim:

– Bosh konsullikka yo‘llangan arizada (ko‘k sharikli ruchka bilan qo‘lda yozilgan, tuzatishlarsiz va tagiga chizilmagan) arizachini to‘liq ism-sharifi, pasport bo`yicha manzili va aloqa ma’lumotlari ko’rsatiladi (o’ng tomonda yuqorida). Undan kegin, ariza so’zi yoziladi (varaqning o’rtasida), shundan so’ng arizaning matni yoziladi, quyida sana ko’rsatiladi va arizachining imzosi qo’yiladi.

– arizachining pasportining asli va nusxasi;

– kemga ishonchnoma berilsa, shu fuqaroning pasporti nusxasi;

– fuqaroning xohishiga binoan ishonchnoma matni (flesh-diskda elektron shaklda)

– ko’chmas va ko’char mulk hujjatining nusxasi;

– advokatning litsenziya va guvohnomasining nusxasi (agar advokatga ishonchnoma rasmiylashtirsangiz).

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan hujjatlar Bosh konsullik tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

To’lov Bosh konsulxonada bank kartasi (EC) orqali amalga oshiriladi. Tarif joyida e’lon qilinadi.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Präsident der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main Deutschland,
frankfurt@gk-usbekistan.de