– oliygohda o‘qish;
– uzoq davomli davolanish;
– legal mehnat qilish;
– oila birlashuvi.
Vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinish uchun arizachi quyidagi hujjatlarni Bosh konsulxonaga shaxsan kelib topshirishi yoki pochta orqali jo‘natishi kerak:
1. Vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinish uchun yozma ariza (kattalar va 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham);
2. Vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinish uchun anketa (kattalar va 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham). Anketa O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Main shahridagi Bosh konsulxonasining nomiga yo‘llanib, interaktiv xizmatlar saytida elektron ko‘rinishda to‘ldirilishi shart. Faqatgina to‘liq to‘ldirilgan, batafsil ma’lumotlar yozilgan va interaktiv xizmatida onlayn jo‘natilgan anketa haqiqiy hisoblanadi. Anketaga tegishli hujjatlar ilova qilinishi shart (xorijga chiqish uchun qizil pasport, yashash uchun rasmiy ruxsatnoma (Aufenthaltstitel), ishxonadan yoki o‘qishdan ma’lumotnoma, onlayn yuklangan elektron 3×4 rasm). Anketani to‘ldirib jo‘natgandan keyin uning PDF formatidagi elektron nusxasini printerda qog‘ozga chiqarib unga sana va imzo qo‘yish shart;
3. O`zbekiston Respublikasining xorijga chiqish uchun muddati o`tmagan pasportning (qizil) asli va pasportning yozuvi bor va muhr qo‘yilgan betlaridan nusxa;
4. Tug‘ilganlik haqida guvohnomaning asli va nusxasi. Guvohnomani topshirish tartibiga qarang;
5. Legal yashash uchun rasmiy ruxsatnomaning (Aufenthaltstitel yoki Fiktionsbescheinigung) asli va nusxasi. Ushbu hujjatlarning amal qilish muddati olti oydan ortiq bo‘lishi kerak;
6. Nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajrashganlik haqida guvohnomaning asli va nusxasi. Guvohnomani topshirish tartibiga qarang;
7. Turar joyi borligi va ro‘yxatga olingaligi haqida ma’lumotnoma (Meldebestätigung yoki Meldebescheinigung);
8. Arizachining adresi yozilgan bir dona bo‘sh markali konvert.
Hukumatlararo kelishuv yoki bitim asosida uzoq davomli xizmat safariga kelgan shaxs yuqorida aytilgan (1-8) hamma hujjatlarga qo‘shib xorijda xizmat safariga borish uchun buyruqning nusxasini ham topshirishi shart.
Oliygohga o‘qish uchun kelgan yoki oliygohda o‘qiyotgan shaxs yuqorida aytilgan (1-8) hamma hujjatlarga qo‘shib talabalik guvohnomasi yoki talabalik haqida ma’lumotnomadan nusxani ham topshirishi shart.
Uzoq davomli davolanishga kelgan shaxs yuqorida aytilgan (1-8) hamma hujjatlarga qo‘shib u davolanayotgan xorij davlatidagi tibbiy tashkilotning ma’lumotnomasidan nusxani ham topshirishi shart. Ma’lumotnomada bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganligi va/yoki davolanayotganligi tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Oila birlashuvi uchun kelgan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxs yuqorida aytilgan (1-8) hamma hujjatlarga qo‘shib ota-onasining muddati o`tmagan O`zbekiston Respublikasining xorijga chiqish pasporti (qizil) va legal yashash uchun rasmiy ruxsatnomadan (Aufenthaltstitel yoki Fiktionsbescheinigung – xujjatlarning muddati olti oydan ortiq bo‘lishi shart) nusxani ham topshirishi shart.
9. Yuqorida aytilgan hujjatlar Bosh konsulxonaga topshirilganidan keyin anketa va ilova qilingan hujjatlar diplomatik missiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ijobiy javob kelgandan keyin arizachiga vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinganligi haqida xabarnoma beriladi. O‘sha xabarnomada quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi: shtrix-kod, arizachining F.I.Sh., konsullik ro‘yxatining turi (vaqtincha), ro‘yxatga olingan soni va sanasi, ro‘yxatga olinishning amal qilish muddat, konsullik ro‘yxatiga olgan xorijiy vakolatxonaning nomi.
10. Olingan xabarnomani qog‘ozga chiqarib, pasportning ichida saqlash lozim.
11. Agar topshirilgan hujjatlar talabga javob bermasa, arizachiga hujjatlar va anketa qayta ishlash uchun qaytariladi.
Vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinish uchun to‘lov olinmaydi.
Nemis yoki boshqa xorijiy tillarda berilgan hujjatlar vakolatli sud tarjimoni tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lishi kerak.