Mamlakatimizda muhim siyosiy tadbirga – O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga 2024 yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Saylov qonunchiligi normalari va Markaziy saylov komissiyasining saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq kalendar rejasiga muvofiq barcha tadbirlar va jarayonlar belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich o‘tkazilishi ta’minlanmoqda.









