TOSHKЕNT, 3-noyabr. /«Dunyo» AA/. Bugun Ostona shahrida bo’lib o’tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlatlar rahbarlari kengashi yig’ilishi doirasida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo’shgan ulkan hissasi uchun yuksak mukofot – «Turkiy dunyoning oliy ordeni»ni tantanali topshirish marosimi bo’lib o’tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.









