TOSHKЕNT, 2-noyabr. /«Dunyo» AA/. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog’iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 2-3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo’ladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.









