TOSHKЕNT, 30-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, transport infratuzilmasini yaxshilash bo’yicha olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida qator obyektlarga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.









